Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Aion, Shacman, Ford va Matiz rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu YTH oqibatida bir muddat qisqa tirbandlik yuzaga kelgan va zudlik bilan YPX inspektorlari tomonidan bartaraf qilingan.