Nyu-York şahriga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uçraşdi.
Jahon banki guruhi bilan strategik şeriklikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Sönggi yillarda uşbu global moliyaviy institut bilan, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasidagi ustuvor dastur va loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ilgari surişda hamkorlikda yuksak darajaga erişilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatimiz bankning Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Qöşma loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oşdi. Toşkentda Jahon bankining mintaqaviy ofisi oçildi. Yaqinda Namangan şahrida ötgan "Kambağallikdan farovonlik sari" III xalqaro forumi yakunlari yuksak baholandi.
Davlat rahbari amaldagi Şeriklik dasturida asosiy e’tiborni barqaror ösişni ta’minlaşga, loyihalarni jadal, sifatli va samarali amalga oşirişga qaratiş muhim ekanini ta’kidladi.
Kambağallikka qarşi kuraşiş, xotin-qizlar va yoşlar uçun iş örinlari yaratiş, yangi "Namunali mahalla" modeli asosida hududlarni kompleks rivojlantiriş, qişloq infratuzilmasi, xususiy sektor loyihalarini qöllab-quvvatlaşni kengaytiriş, davlat aktivlarini xususiylaştiriş masalalarida ekspertlik kömagi, iqtisodiyotni karbonsizlaştiriş va moliya sohasini transformatsiya qiliş strategiyasini amalga oşiriş kabi yönalişlar ustuvor etib belgilandi.
Bank Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surişda iştirok etişi muhimligi qayd etildi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev AQŞ eng yirik moliyaviy korporatsiyasi – Citigroup raisi Jon Duganni qabul qildi.

Citigroup bank, investitsiya va moliya xizmatlarini körsatişga ixtisoslaşgan. Uning bozor kapitallaşuvi 100 milliard AQŞ dollaridan ortiqni taşkil etadi, kompaniya umumiy qiymati 2,3 trillion AQŞ dollaridan ziyod bölgan aktivlarni boşqaradi.
Uçraşuvda korporatsiya bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Citigroup kömagida Özbekiston banklari va davlat korxonalarining obligatsiyalari xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylaştirildi. Toşkentda kompaniyaning ofisi oçildi.

















