Özbekiston 2026 yil mart oyida Jahon savdo taşkiloti (JST) a’zosi bölişi mumkin. Bu haqda JST boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Noyabr oyida JST işçi guruhi yiğilişi belgilangan. Umid qilamizki, mart oyiga belgilangan muddatga qadar barça işlar yakunlanadi va Özbekistonning JST a’zosi bölganini tantanali ravişda e’lon qiliş imkoniyatiga ega bölamiz. Biz bu yönalişda juda qat’iyat bilan harakat qilyapmiz», dedi u.

22 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev JST boş direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan Nyu-Yorkda uçraşdi. Muloqot davomida şu yil noyabr oyida bölib ötadigan Işçi guruhning navbatdagi yiğilişi natijadorligini ta’minlaş, şuningdek, 2026 yilda muzokaralar yakunlanişi va Özbekiston taşkilotga qöşilişi muhim ekani ta’kidlangan edi.

19 sentabr kuni prezidentning JST böyiça vakili Azizbek Örunov taşkilotga a’zolik böyiça erişilgan kelişuvlarning umumiy soni 29 taga yetgani, yana 3 ta davlat bilan protokollar imzolanişi qolganini ma’lum qilgan edi.