Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanish yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahrida Shota Rustaveli ko‘chasi Shahrisabz ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha avtotransport harakatlanishi uchun ochildi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Shaharning asosiy arteriyalaridan birida harakatlanish yo‘lga qo‘yildi. Cho‘ponota ko‘chasidan Yangi Sergeli ko‘chasigacha bo‘lgan qismda esa ishlar jadal sur’atda davom etmoqda.
Avtotransport harakatlanishining ochilishi texnik xususiyatga ega, ya’ni texnik va texnologik (qurilish emas) ishlar bilan birga olib borilmoqda. Yondosh mahalla va mavzelardan kirish-chiqish yo‘llari, kommunal tizimlarni yotqizish, avtobus bekatlarini alohida to‘siq bilan o‘rash ishlari yakuniga yetkazildi.
Ushbu hududda yo‘l yoritgichlari qisman o‘rnatilgan, vaqtinchalik yo‘l chiziqlari chizilgan, avtobus yo‘lagida bekat majmualarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, zamonaviy yo‘l belgilarining aksariyati allaqachon o‘rnatilgan, barcha svetofor tizimlari ulanib, me’yoriy tarzda ishlamoqda.
Jarayonlarni yakunlashga qaratilgan ishlar tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda davom ettiriladi. Ushbu qaror poytaxtdagi transport vaziyatini yengillashtirish maqsadida harakatlanishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va tiklash bo‘yicha umumiy rejaning bir qismidir.
Mavzuga oid
11:09 / 05.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
07:45 / 15.12.2025
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi
14:46 / 22.10.2025
Shota Rustaveli ko‘chasida 4 ta avtobus yo‘nalishi qayta ishga tushdi
14:05 / 21.10.2025