Hamkorlik Özbekistonning raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş va bulutli xizmatlarni kengaytiriş uçun şart-şaroitlar yaratişda muhim qadam böladi. Uzum Özbekistonda özining IT infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda va hamkorlik tufayli xizmatlarni yanada kengaytiriş uçun qöşimça quvvatlarga ega böladi.

— Mahalliy raqamli infratuzilmani rivojlantiriş Özbekiston iqtisodiyotini raqamlaştirişni jadallaştiriş va mamlakatimizning mintaqaviy IT-xab sifatidagi mavqeini mustahkamlaşning kalitidir. Bizni DataVolt bilan nafaqat mamlakat salohiyatiga bölgan işonç, balki uşbu salohiyat uçun zarur bölgan poydevorga sarmoya kiritişga tayyorlik birlaştiradi: odamlar, "temir", xizmatlar, — deydi Uzum ekotizimi asosçisi va boş direktori Djasur Djumayev.

— Uzum bilan hamkorligimiz DataVolt kompaniyasining Özbekistonni raqamli transformatsiya qilişga kömaklaşiş yölidagi muhim bosqiçdir. Uzum’ning raqamli xizmatlar bozoridagi yetakçiligini DataVolt’ning barqaror raqamli infratuzilmani yaratiş böyiça tajribasi bilan birlaştirib, biz mamlakatda global darajadagi bulutli va sun’iy intellekt yeçimlari uçun poydevor yaratmoqdamiz. Biz Özbekiston raqamli iqtisodiyotining ösişini tezlaştiriş uçun Uzum bilan hamkorlik qilişdan mamnunmiz, — dedi DataVolt kompaniyasining katta vitse-prezidenti Anil Vidjayaçandran.

Kompaniyalar, şuningdek, mahalliy raqamli infratuzilmaning ahamiyatini ta’kidlaydigan va bulutli texnologiyalar biznes va davlat taşkilotlari samaradorligini qanday oşirişini yaqqol körsatadigan qöşma loyiha va taşabbuslarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

DataVolt bu — innovatsiyalar, barqarorlik va kengayişga katta e’tibor qaratgan holda yuqori darajadagi qayta tiklanadigan energiya infratuzilmasi yeçimlari va yaşil yoqilğilarni birlaştirgan ma’lumotlar markazlarining işlab çiqaruvçisi, egasi va operatori. Boş qarorgohi Saudiya Arabistonida joylaşgan bölib, hozirda AQŞ, Özbekiston, Hindiston va BAAda vakolatxonalari mavjud. DataVolt Yaqin Şarq, Afrika va Osiyo böylab kuçli global ambitsiyalarga ega.