«Öylaymanki, buni 30 yil içida amalga oşiriş mumkin, agar har ikki yilda bir oçiladigan Marsga parvozlar bilan biz u yerga yetkazib berişimiz mumkin bölgan tonnajni eksponensial ravişda oşirsak», — dedi Mask.
Tonnajni köpaytiriş juda muhim, dedi milliarder, çunki Marsdagi aholi punkti turli xil narsalarni talab qiladi — turar joy modullaridan tortib robot yordamçilargaça. Haqiqatan ham özini özi ta’minlaş uçun «sivilizatsiyaning barça tarkibiy qismlari» bölişi kerak, deya qöşimça qildi Mask: oziq-ovqat yetiştiriş, Mars atmosferasidan yonilği oliş, mikroçiplar, kompyuterlar va raketalarni işlab çiqariş uçun materiallar.
Kelajakda töliq qayta foydalaniş mumkin bölgan Starship V3 transport tizimi uşbu vazifalarni bajariş uçun möljallangan. U 100 tonnadan ortiq foydali yukni orbitaga olib çiqa oladi. Bu Falcon Heavy'ning qayta foydalaniş mumkin bölgan yuk taşiş hajmidan taxminan 2,5 baravar köpdir. Ayni paytda, Falcon Heavy'dan, xuddi Falcon 9 kabi, faqat qisman qayta foydalaniş mumkin: uning yuqori bosqiçi bir martalik. Super Heavy va Ship (Starşip'ning yuqori bosqiçi) qayta foydalaniş uçun möljallangan.
Maskning sözlariga köra, Starship V3 taxminan 124,4 metr balandlikda böladi, Starship V2 esa - 121 metr. Uşbu uçinçi versiya Marsga uça oladigan transport tizimining birinçi modifikatsiyasiga aylanadi. SpaceX kelgusi yilning boşida undan Qizil sayyoraga birinçi uçuvçisiz missiyalarni yuboriş uçun foydalanişi kutilmoqda.

















