Jamiyat | 17:30 / 26.09.2025
4180
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toyloqdagi “Yangi O‘zbekiston” massivida dastlabki 5 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazildi

Toyloq tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda. Bugungi kunga kelib, 5 ta ko‘p qavatli uy qurilib, rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Toyloq tumani markazida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Prezident farmoniga asosan boshlangan loyiha doirasida bugungi kunga qadar 5 ta ko‘p qavatli uy to‘liq qurib bitkazildi hamda ularning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi.

4592 xonadonga mo‘ljallangan massivdagi qurilish ishlarining dastlabki bosqichini “PROJEKT SAM BUILDINGS” MChJ amalga oshirmoqda. Korxona tomonidan jami 20 ta uy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ishlar bosqichma-bosqich davom etmoqda.

2025 yilda 784 xonadonli 7 ta uy, 2026 yilda esa yana 1120 xonadonli 10 ta uy foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bosh rejaga ko‘ra, massivda 4592 xonadonli 41 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Shu bilan birga, 2 ta 300 o‘rinli bog‘cha, 2 ta katta maktab, oilaviy poliklinika, IT va Coworking markazi, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi, madaniyat saroyi, amfiteatr, istirohat bog‘i, bolalar maydonchalari va workout hududlari barpo etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda inson uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

 

 

“Yangi O‘zbekiston” massivi nafaqat turar joylar, balki zamonaviy shaharcha sifatida barpo etiladi. Bu yerda ta’limdan tortib sog‘liqni saqlash, madaniyatdan to sport va dam olishgacha bo‘lgan barcha imkoniyatlar mujassamlashadi.

👉Telefon: +998 95-373-73-00 +998 95-073-73-00

👉Instagram

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid