Şotlandiya janubidagi Korsvoll mayoği devorlari ostidan içida 132 yillik maktub mavjud şişa idiş topildi, deb xabar beradi BBC.

Ölçami 20 santimetrni taşkil etadigan butilka Şimoliy mayoq boşqarmasi muhandis-mexanigi Ross Rassel tomonidan mayoqni tekşiriş davomida aniqlangan.

«Bu şu qadar hayajonli böldiki, xuddi ötmişdagi hamkasblarimiz bilan uçraşib qolgandek edik», — deydi mayoq nazoratçisi 77 yoşli Barri Miller.

Şişa idiş içidagi maktubga 1892 yil 4 sentabr sanasi qöyilgan bölib, u 30 metrli minoraga yangi turdagi yuritiş uskunasini örnatgan uç nafar muhandis nomidan patqalamda yozilgan. Ular mayoqqa yoritiş uskunasini kim va qaysi firma vakillari örnatganini yozib qoldirgan.

Ta’kidlanişiça, bu Şotlandiyadagi mayoqdan şu vaqtga qadar topilgan butilka içidagi birinçi maktub hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, 2016 yilda Norvegiya qirğoqlarida içida töqqiz yil avval yozilgan maktub bölgan şişa idiş topilgandi. Taxminan ming kilometr masofani bosib ötgan noma yölga çiqarilganidan 11 yil ötib öqilgan. Islandiya davlat teleradioeşittiriş xizmati butilkani topib olgan norvegiyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarda xat muallifini izlab topganini ma’lum qilgan edi.