Joriy yilning 29 sentabr kuni soat 21:20 larda Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
«Zil» rusumli yuk avtomashinasi va Yutong rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.









