Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 milliard dollar o‘g‘irlagan «asr firibgari» aybini tan oldi
47 yoshli xitoylik ayol Chjimin Tsyan 128 mingdan ortiq omonatchini chuv tushirib, 7 milliard dollarga yaqin mablag‘ni o‘margan.
Buyuk Britaniyada firibgarlik bo‘yicha tarixdagi eng yirik tergovlardan biri yakunlanmoqda. Bitkoinlarni yuvishda gumon qilinayotgan 47 yoshli xitoylik ayol Chjimin Tsyan 29 sentabr kuni London sudida o‘z aybini tan oldi, deb xabar berdi Euronews.
Britaniya politsiyasi undan 7 milliard dollarga yaqin rekord miqdordagi kriptovalutani olib qo‘yganidan keyin ayol sud oldida javob berdi. Bu dunyodagi eng yirik musodara, deb ma’lum qildi Skotlend-Yard.
Tsyanning aybini tan olishi Britaniya huquq-tartibot idoralari xitoylik hamkasblari bilan hamkorlikda olib borgan global pul yuvish sxemasi bo‘yicha qariyb yetti yillik tergovning cho‘qqisi bo‘ldi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Chjimin Tsyan 2014-2017 yillarda Xitoyda yirik firibgarlik kampaniyasini uyushtirib, o‘ziga tegishli Tianjin Lantian Gerui Electronic Technology kompaniyasining 128 mingdan ortiq omonatchisini chuv tushirgan. U qurbonlarga 300 foiz daromad va’da qilgan va ulardan o‘g‘irlangan mablag‘larni bitkoinlarga o‘tkazgan.
Keyin Tsyan Xitoyni tark etib, Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tdi va u yerda elita ko‘chmas mulkini sotib oldi. O‘tgan yili ish doirasida uning sherigi 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, Tsyanning o‘ziga yaqin orada hukm chiqariladi.
Ta’kidlanishicha, endi firibgar ayoldan musodara qilingan mablag‘larning kelajagi haqidagi bahslar kuchaymoqda. Buyuk Britaniya musodara qilingan aktivlarni budjet taqchilligini qoplash uchun saqlab qolmoqchi, ammo ko‘plab xitoylik jabrlanuvchilar esa o‘z pullarini qaytarishni talab qilmoqda.
Tergovning aniqlashicha, Tsyan «ma’buda» va «malika» bo‘lishni orzu qilgan va bu haqda shaxsiy kundaligida yozgan.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026