Nukus shahrida 5–6 oktabr kunlari Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu forumda Markaziy Osiyo davlatlari ta’lim tizimi vakillari, pedagoglar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar qatnashadi.

Xabar qilinishicha, forumda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.