Tomonlar London Brunel universiteti bilan Hamshiralar akademiyasi o‘rtasida hamshiralik ishi o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish, qo‘shma ta’lim loyihalarini joriy etish, o‘qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish dasturlari va treninglar o‘tkazish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ikki tomonlama diplom berish dasturlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Xorijiy hamkorlarga Hamshiralar akademiyasi faoliyati va uning vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Professor Trever Xoy respublikada ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, kelgusida Hamshiralar akademiyasi bilan Brunel o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.











