Farğona viloyati Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova uçun 2025 yilning 17 apreli dahşatli kunga aylangan. U YTHga uçragan turmuş örtoğini davolatişga öşa kuni tanişi, tuman soliq inspeksiyasi boşliğidan qarz sörab boradi. Bu soliq idorasi rahbari bilan özaro adovati bölgan Furqat tumani IIB boşliğiga qulay fursat edi: IIB xodimlari amaldor va direktorni göyoki “uşlab olganday” kaltaklaşga tuşadi, kiyimlarini yirtib, yalanğoç holda tasvirga olişadi. Ammo reja puxta öylanmagan çoği, ayolning kutilmagan qat’iyati hammasini ostin-ustun qilib yubordi.
Furqat tumanidagi maktablardan birining direktori bölgan 34 yoşli Gulira’no Qosimova tuman soliq inspeksiyasi va IIB boşliqlarining özaro adovati qurboni böldi: IIB xodimlari ayolning şa’ni va qadr-qimmatini toptab, yerga qoriştirib taşlaşdi. Direktor özi bilmagan holda Furqat tumani IIB boşliği Akmal Xöjayev tomonidan tuman soliq inspeksiyasi rahbari Qurbonali Abdurahmonovga qöyilgan “tuzoq”qa tuşib qolgandi.
“Bir töda xodimlar qarşisida qip-yalanğoç edim”
2025 yil 17 aprel. Bu sana Gulira’no Qosimova uçun dahşatli kun bölgan.
Gulira’no Qosimova
Direktor özining tanişi, Furqat tumani soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonovdan YTHga uçragan turmuş örtoğini davolatiş uçun qarz söraşga boradi. Öşa paytda bir guruh IIB tezkor xodimlari tösatdan paydo bölib, direktor va amaldorni qip-yalanğoç qilib yeçintirgan holda döpposlay ketişdi:
“Furqat tumanidagi 29-maktabda direktor bölib işlayman. Furqat tumani Içki işlar bölimi sobiq boşliği Akmal Xöjayev bilan tuman soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonov örtasidagi mojaro qurboni böldim. Haqiqatan ham Qurbonali aka bilan avvaldan tanişman. U kişi bilan birga işlaganmiz.
Turmuş örtoğim avtohalokatga uçraşi oqibatida öng qölidan jiddiy jarohat olgandi. Operatsiyasi uçun hammadan pul sörab yurgan vaqtim edi. Şifokorlarning sa’y-harakati bilan qöli saqlab qolindi. Ammo körikdan ötganimizda zudlik bilan qayta operatsiya qilinişi zarurligini, bu gal nervlarni ulaş kerakligi, aks holda qöl qurib qolişini aytişdi.
Mavzuga oid
Gulira’no Qosimovaning turmuş örtoği
Köpçilikdan pul söradim. Oktyabr oyida avariya bölgan bölsa, birinçi operatsiyasini ötkazgan edik. Şu tariqa ikkinçi operatsiyasi uçun mablağ zarur böldi. Qurbonali akadan yordam söradim. Bu haqda turmuş örtoğimning ham xabari bölgan.
Qurbonali aka bilan uçraşib qarz sörab turgan vaqtimda fuqarolik kiyimida xodimlar paydo böldi. Ular ikkimizning kiyimlarimizni yirtişib, urib-döpposlaşdi. Qip-yalanğoç qilişdi. Bir töda erkaklar qarşisida ojiz qoldim, xörligim keldi. Nimalar bölayotganini anglolmay qolgandim”.
“Xotiningni boşqasi bilan uşlab oldik”
Yalinib-yolvorişiga qaramay Gulira’noning köylaklari yirtiladi, qip-yalanğoç qilib yeçintirilib, xodimlar tomonidan ayovsizlarça tahqirlanadi. Unga qöşib soliq idorasi boşliği ham kaltaklanib, yeçinişga majbur etiladi. Bu orada qölida telefon kamerasini yoqib olgan xodimlar paydo böladi va göyoki jinsiy aloqa qilayotgan erkak va ayolni uşlab olganday holatni tasvirga tuşira ketişadi. Qölida qoğoz va ruçkasi tayyor turgan xodimlardan biri Gulira’no Qosimovani “Soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonov meni jinsiy aloqa qilişga majburladi”, qabilida ariza yozib berasan, deya majburlaşga tuşadi. Ammo ularning urinişlar besamar ketadi, maktab direktori bundan boş tortdi.
“Xöjayevning xodimlari ssenariylari asosida kiyimlarimizni yeçib, s’yomka qilib, urib, kameraga qarab soliqning boşliği meni majburlab, jinsiy munosabatda böldi, deb aytasan deyişdi. Heç qanday aloqa bölgani yöq, bu narsalarni gapirmayman, men birovga tuhmat qilmayman, dedim qat’iy turib.
Ularning aytganlarini bajarmadim. Endi xodimlar turmuş örtoğimni örtaga qöşişdi, unga xotiningni boşqasi bilan uşlab oldik, deb aytamizga ötişdi. U yerdagi atay taşkil qilingan sahnani tasvirlab bera olmayman. Çunki Özbekistonda bunday voqea bölişiga işonmagan bölardim. IIB xodimlari, bizning tinçligimni saqlab beradigan odamlarning özi bu darajada pastkaşlikka borişiga işonmagandim”, deydi Gulira’no Qosimova.
Puxta işlangan “tuzoq”
Aslida bularning barçasi avvaldan rejalaştirilgan “şou” edi. Tuman IIB boşliği Akmal Xöjayev soliq inspeksiyasining boşliği Qurbonali Abdurahmonov bilan tortişib qolgan, uni lavozimidan ağdariş uçun payt poylab yurgandi. Maktab direktorining raqibi bilan uçraşib qolgani IIB boşliği uçun ayni muddao böladi. Qiziği, IIBga holat böyiça xabar beriş vaqtlarida ham “jumboqlar” mavjud.
“IIB tezkor xodimlari avvaldan ssenariy tuzişgan, soliqning boşliği meni majburlab jinsiy munosabatda böldi, deb yozib berişimni kutişgandi. Ularning asl maqsadi soliq “kattasi”ni işdan böşatiş va qamaş bölgan. Lekin xodimlar maqsadiga erişa olmadi. Men ular xohlagan gapni aytib bermadim.
IIB boşliği va soliq rahbari avvaldan tortişib qolgan, xodimlar qulay payt poylab Qurbonali akani kuzatib yurişgan ekan. Qurbonali akaning yoniga borib qolganim ular uçun ayni muddao bölgan.
IIB navbatçilik qismiga “uşlanib qolganimiz” haqida ham xabar berilgan. Bunda ham qiziq çalkaşliklar bor. IIBga soat 16:58 da olib kirilyapman majburan. Göyoki dökon sotuvçisi men bilan soliq boşliğini körib qolibdi-da, soat 17:21 da 102 ga xabar beryapti. Bu yerda qani mantiq?!
Endi yana ham qiziq holatni aytib beraman: soat 17:21 da berilgan xabarni navbatçi xodim R. Yormatov soat 17:00 da qabul qilib olyapti. Keyin öşa asosida bizni “uşlab” çiqyapti. Vaholanki, soat 16:58 da içki işlarning binosida bölganman. Bularning mantiqsiz, qöpol ravişda, hujjatlarni soxtalaştirgani odamni hayratga soladi.
IIB tezkor xodimlari biz xohlagan narsani yozib berasanmi, yöqmi, deyişga ötişdi. Yöq, yozmayman, birovga tuhmat qilmayman, deb qat’iy turib oldim. Gapimizga quloq solmasang eringga xotiningni uşlab oldik, deymiz deyişdi. Aytaver, ekspertiza qildirasan, haqiqatan jinsiy aloqa qilgan bölsam, böynimga qöyib berasan, dedim. Keyin ular noilojlikdan erimni çaqirtirişdi-da, anglaşilmovçilik bölibdi, hammasi joyida deb qaytarib yuborişdi”, deya eslaydi öşa kungi voqealarni Gulira’no Qosimova.
Bölib ötgan voqealar ortidan ruhiy tuşkunlikka tuşgan maktab direktori öz joniga qasd qiladi. Ammo baxtli tasodif tufayli hayotga qaytadi. Şundan söng ayol özini qölga olib, şa’ni, oilasi uçun bu uyuştirilgan “şou”ni ommaga oşkor qiliş uçun astoydil bel boğlaydi va bunga erişadi ham. Kamera yozuvlari esa ayol uçun qöl keladi: uçastka noziri A’zam Hamidjonov tanişi bölgan dökon sotuvçisi Davlat Yusupov oldiga kelib, ayol va erkak jinsiy aloqa qilayotgani haqida 102 qisqa raqamiga xabar berasan, deb tayinlayotgani kameraga muhrlanib qolgan.
“Boşimdan ötgan voqealar ruhiyatimga qattiq ta’sir körsatdi. Oilaliman, turmuş örtoğim, 3 nafar farzandim, qaynota va qaynonam oldida, umuman olganda butun tumanda yomonotliq böldim. Garçi tuhmat qurboni bölgan bölsam-da odamlar buni tuşunmasdi. Uyat bölsa ham qaynona va qaynonamga boşimdan ötgan voqealarni gavdalantiriş, bu işlar aslida tuhmat ekaniga işontiriş uçun kiyimlarimni yeçib, kaltak zarbidan kökarib ketgan tanamgaça körsatdim. Baribir bölmadi, öz jonimga qasd qildim. Lekin şifokorlar hayotimni saqlab qolişdi.
“Uçastkavoy” A’zam Hamidjonov özining avvaldan tanişi bölgan dökonçi Davlat Yusupovning yoniga borgan. Bu kamera yozuvlarida ham körinib turibdi. Davlat Yusupovning tuman prokuraturasiga bergan körsatmasidan biliş mumkinki, unga A’zam qandaydir videoni körsatib, uni 102 raqamiga telefon qilib, göyoki soliq boşliği bir ayolni uyiga jinsiy aloqa qiliş uçun olib kirib ketdi, deyişga köndiradi. Davlat Yusupov “uçastkavoy”ning senga heç narsa bölmaydi, degan gaplariga işongan va 102 ga telefon qilgan. Keyinçalik Davlat Yusupov tahdidlar ostida öz körsatmalarini özgartirgan bölsa ham, u içki xavfsizlik xodimining telefon raqamigaça keltirib bergan. Detalizatsiyalarda haqiqatan ham öşa raqam bilan Yusupov Davlat gaplaşganini köriş mumkin”.
Qilmiş-qidirmiş
Ayni paytda Furqat tuman IIB boşliği Akmal Xöjayev öxşamay qolgan “şou”si ortidan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Akmal Xodjayev, Furqat tumani IIB sobiq boşliği
Akmal Xöjayevga Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (Şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) 2-qismi “a, b” bandlari, 141-3-moddasi (Şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) 2-qismi “b” bandi, 142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi hamda 230-2-moddasi (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalaştiriş (qalbakilaştiriş) 1-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.
Suvdan quruq çiqayotganlar bor
“Şou” uyuştirişda hammaslak bölgan sobiq IIB boşliğining örinbosari va ayolni tahqirlagan tezkor xodimlar hali ham öz lavozimlarida işlaşda davom etmoqda. Ayolning ta’kidlaşiça, tuman IIB boşliği örinbosari Jasur Rasulov bölgan işlarni bosti-bosti qiliş uçun unga tanişlari orqali 50 ming dollargaça pul taklif qilgan.
“Meni urib tahqirlagan tezkor qidiruv xodimlari Sohib, Tohir, Yusuf, A’zam va Dilşod edi. Sohib, Yusuf, keyin bir örinbosar bizni s’yomka qilgandi. U yerda bolalar inspektori ham bor edi. Uç nafar profilaktika inspektori, uç nafar tezkor qidiruv xodimi, bir nafar terrorizmning boşliği Ğayrat ismli bola ham bölgan.
Sohib yomon sözlar bilan haqorat qilib, urib, joyimdan uçirib yuborgan. Tohir soçimdan tortib kelib, yuzimni kameraga qaratgan. Ğazabni keltiradigan sahnada. Tepamda törtta erkak, törtta içki işlar xodimi turibdi. Men iltimos, çetroq turinglar, heç bölmasa kiyimimni kiyib olay, ayol kişiman deyapman. Ular yöq, bu yerda şartni sen emas, biz qöyamiz deyişyapti. Törtta erkak menga qarab turdi, ularning köz öngida kiyindim.
Norozi bölayotganim, “şou”ni “naçalnik” taşkillaştiryapti, örinbosar unga kömaklaşyapti. Lekin ularning topşiriğini bajarganlar-çi? Ular javobgarlikdan çetda qolmoqda. IIB boşliği va örinbosari öz qilmişini tan oldi. Tegişli idoralardan meni şu köyga solgan barça IIB xodimlariga qat’iy çora körişlarini sörab qolaman.
Bu voqealardan keyin tegişli joylarga murojaat qildim. IIB boşliği Xöjayev işdan ketdi. Örinbosariga ayblov e’lon qilindi. Endi tez kunlarda sud bölişi kutilyapti. Soliq idorasining boşliği aybi yöqligi uçun işiga tiklandi.
Endilikda esa Jasur ismli örinbosar işni bosti-bosti qiliş uçun tanişlari orqali 50 ming dollargaça pul taklif qilyapti. Akmal Xöjayev va Jasur Rasulov dastlab ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingandi, lekin 15 mln söm garov evaziga qöyib yuborilgan”, deydi ayol.
Farğona viloyati prokuraturasining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat böyiça prokuratura tomonidan tergov harakatlari ötkazilib, sobiq IIB boşliği va mas’ul şaxslar böyiça ayblov işi mazmunan köriş uçun sudga yuborilgan. Tergov siri vajidan işning boşqa tafsilotlari oçiqlanmadi.
Kun.uz Gulira’no Qosimovaning xodimlarga nisbatan da’volari asosliligini tekşiriş maqsadida Farğona viloyat IIB bilan ham boğlandi. Holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilgani, natijasi qonuniy qaror qabul qiliş uçun prokuraturaga yuborilgani haqida ma’lum qiliş bilan çeklangan boşqarma matbuot xizmati batafsil ma’lumotni prokuraturadan olişni tavsiya qildi.