Haqqoniy oilasi Afğonistonda eng qudratli harbiy-siyosiy kuçlardan biri sifatida köriladi. Sönggi paytlarda bu oila yetakçisi – içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy va amir Haybatulloh Oxundzoda örtasida ziddiyat borligi haqida köp ma’lumotlar tarqalmoqda. Kun.uz studiyasida vaziyatga Progressiv islohotlar markazi eksperti Islomxon Gaffarov baho berdi.

— Içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy lavozimidan ozod etilib, bir viloyatga hokim qilib yuborilgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Bu haqda nima deya olasiz?

— Haqqoniy oilasining Afğonistondagi örni va ta’siri juda katta. 1980 yillarda Sirojiddin Haqqoniyning otasi Jaloliddin Haqqoniy mujohidlarga qöşilib, «Tolibon» bilan yelkama-yelka jang qilgan. Keyinçalik Amerika–Afğon uruşi davrida ham Haqqoniy oilasi «Tolibon»ni qöllab-quvvatlagan, Pokiston hududida turib Qöşma Ştatlarga qarşi kuraş olib borgan. Şu sababli oilaning nufuzi keskin ortib, «Tolibon» hukumatida eng muhim lavozimlardan biri – içki işlar vazirligi aynan Sirojiddin Haqqoniyga topşirildi. Hatto Haqqoniylar “Tolibon”ning öng qanoti” sifatida ham tilga olinadi.

Sönggi yillarda esa OAVda Sirojiddin Haqqoniy va «Tolibon» yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda örtasida mafkuraviy va siyosiy qarama-qarşilik borligi haqida xabarlar köpaydi. Köpçilik Haqqoniyni pragmatik, Oxundzodani esa mafkuraviy jihatdan qat’iy inson sifatida köradi. Ayni paytda, Haqqoniyning xalqaro nufuzi ham ortib bormoqda: u Saudiya Arabistoni va BAAga rasmiy taşrif buyurib, arab dunyosida obröyini oşirdi. AQŞ esa uni ilgari terrorçi sifatida qidirayotgan va u haqdagi ma’lumot uçun 10 mln dollar mukofot e’lon qilgan bölsa-da, yaqinda Federal tergov byurosi bu qarorni bekor qildi. Ya’ni endi Qöşma Ştatlar unga terrorçi deb qaramayapti. Uning New York Times'da ham intervyusi çiqdi. Natijada Haqqoniyning obröyi Ğarbda ham ortdi.

Bu esa tabiiy ravişda «Tolibon» rahbarining ğazabini keltirişi mumkin, ular özaro kelişmaydi degan ma’lumotlar juda köp tarqaldi. Haqqoniy lavozimidan ozod etilgani haqida şu yil boşida ham xabarlar tarqalgandi, lekin ikki haftadan keyin u vazirlikdagi örnida qolgani ma’lum böldi. Yaqinda yana şunga öxşaş xabarlar çiqdi: göyoki u içki işlar vazirligidan olinib, Pokistonga çegaradoş Xost viloyatiga gubernator etib yuborilgan.

Nega aynan Xost viloyati, çunki Pokiston maxsus xizmatlari va hukumati bilan hamkorlik qiladigan bu oila Afğoniston–Pokiston örtasida vositaçi sifatida köriladi. Oxundzoda Pokiston bilan ziddiyatda, Haqqoniy oilasi esa avvaldan Pokiston bilan yaqin munosabatda bölib kelgan.