Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi sifatida yiliga 3,5-4 million yevro işlab topadi. Bu haqda bitimga yaqin bölgan italiyalik manbaga tayanib «Sport-Ekspress» xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 52 yoşli mutaxassisning maoşi murabbiylar ştabi xarajatlari bilan qöşib hisoblaganda 4 million yevro atrofida böladi.
Ta’kidlanişiça, Kannavaro Italiya yoki Yevropaning boşqa davlatidan taklif kutgan, şu bois Özbekistonda işlaşga darhol rozi bölmagan. 2006 yilgi jahon çempioniga Qozoğiston milliy jamoasi ham qiziqiş bildirgan.
Xabarga köra, yakunda Kannavaro Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) şartlarini qabul qilib, bir yillik şartnoma imzolagan. Milliy jamoa jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etsa, Fabio Yevropaga qaytişni yoki Özbekiston bilan şartnomani uzaytirişni kutmoqda.
Italiyada Kannavaro ştabiga 2024 yil noyabr oyida S Seriya vakili «Pro Verçelli» klubidan iste’foga çiqqan 44 yoşli akasi Paolo ham qöşilişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq, ÖFA Fabio Kannavaro bilan muzokara olib borilayotganini tasdiqlagan, şu bilan birga, muzokaralar böyiça batafsil va rasmiy xabarlar ÖFA sahifalarida e’lon qilinişini ma’lum qilib, OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmaslikni söragandi.













