Muloqot davomida tibbiy texnologiyalarni joriy qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv va ta’lim dasturlari tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Chughtai Lab filiali yoki qo‘shma korxonasini ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Chughtai Lab rahbariyati laboratoriyaning rivojlanish tarixi va hozirgi holati, kompaniya faoliyatini xorijiy bozorlarga chiqarish rejalari haqida ma’lumot berdi. Bu borada Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Chughtai Lab rahbariyati O‘zbekistonning mutasaddi vazirlik va idoralari, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqalar o‘rnatish hamda hamkorlik masalalarini amaliy jihatdan ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar tibbiy xizmatlar, ta’lim va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini amaliy tarzda ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldi.
















