Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobuslar harakati boshlanadi
7 oktyabrdan boshlab Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya qilingan markaziy avtobus yo‘lagi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda uchta avtobus yo‘nalishi: 38, 57 va 58-raqamli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Jamoat transporti alohida ajratilgan bo‘lakda ustuvorlikka ega. Bekatlar markazda joylashgan.
Avtobus yo‘lovchilari va avtomobil haydovchilari uchun harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Yo‘lovchilar uchun:
- avtobuslar endi markaziy, ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi;
- yo‘lovchilar yo‘lning markaziy qismidagi maxsus platformalar orqali chiqib, tushadi;
- platformalarga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali chiqiladi. Belgilanmagan joylardan o‘tish qat’iyan man etiladi;
- avtobusni faqat old tomonidan aylanib o‘tish mumkin;
- platformada yo‘lovchilar sariq xavfsizlik chizig‘i orqasida turishi va avtobus to‘xtagachgina eshikka yaqinlashishi kerak.
Haydovchilar uchun:
- Shota Rustaveli ko‘chasidagi o‘rta yo‘lak faqat avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan;
- ushbu yo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi yoki yo‘lni kesib o‘tishi qat’iyan man etiladi;
- avtobuslar markaziy yo‘lakda ustuvorlikka ega. Ruxsat etilgan joylarda avtobuslarga yo‘l berish kerak;
- ko‘cha bo‘ylab har ikki yo‘nalishda chapga burilish va ortga qayrilib olish taqiqlanadi. Burilishga faqat belgilangan chorrahalarda ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
15:42 / 06.07.2026
Toshkentda qurilishdagi avariyadan keyin kanalizatsiya suvi Salor kanaliga oqizildi
11:28 / 02.07.2026
Toshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildi
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026