Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankdan kredit kartalar amaliyotini tekshirishni so‘radi
Ayrim banklar kredit kartalardan amalga oshiriladigan kommunal xizmatlar, o‘qish, tibbiyot, sug‘urta va soliq to‘lovlarini naqd pul yechib olishga tenglashtirib, foiz va komissiya undiryapti. Bu esa aholi e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Raqobat qo‘mitasi bu borada o‘rganish o‘tkazish va ortiqcha undirilgan pullar qaytarilishini ta’minlash so‘rovi bilan, Markaziy bankka murojaat qildi.
Foto: Kun.uz
Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka tijorat banklarining kredit karta amaliyotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan so‘rov yubordi, deya xabar berdi qo‘mita axborot xizmati.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi turmush tarzini oshirish maqsadida turli shakldagi kreditlar ajratish siyosati qo‘llab-quvvatlab kelinyapti. Biroq ushbu amaliyotlarda ayrim banklar taqdim etgan kredit kartalaridan kommunal xizmatlar, o‘qish, tibbiyot va sug‘urta hamda soliq kabi to‘lovlar ham naqd pulga yechishga tenglashtirilgan. Ulardan foiz va komissiyalar undirilayotgani esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Yuqoridagilarni inobatga olib, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-, 12-, 19-,21- va 23-moddalariga muvofiq:
- davlat va nodavlat banklar faoliyatini o‘rganib chiqish va ularning faoliyatini kredit kartalari foiz masalalarini qayta ko‘rib chiqish;
- iste’molchilar manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish hamda asossiz olingan xizmat haqi pullarini qaytarish choralarini ko‘rish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda so‘rov yubordi.
Mavzuga oid
12:22
Antimonopolistik choralar fonida propan narxi sezilarli darajada arzonlashdi
09:32 / 12.01.2026
Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
12:02 / 11.01.2026
Raqobat qo‘mitasi propan qimmatlashgani yuzasidan izoh berdi
12:24 / 10.01.2026