Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ehtimoliy xavfsizlik tahliliga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining ehtimoliy ko‘rsatkichlarini hisoblash;
🔹 og‘ir avariyalar va katta avariyaviy tashlanmalar ehtimolini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan normativ chegaralar bilan taqqoslash;
🔹 atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustuvorliklarni belgilash;
🔹 atom elektr stansiyasi bloki tizimlarini (elementlarini) modernizatsiya qilish tadbirlarining atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga ta’sirini baholash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlili natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
➖ xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan atom elektr stansiyasi bloki tizimlarining ishonchliligini baholash;
➖ nazorat va tekshiruv ishlarini rejalashtirish va baholash;
➖ loyihaviy avariyalar uchun boshlang‘ich hodisalar ro‘yxatini asoslash;
➖loyihadan tashqari avariyalar ro‘yxatini asoslash.
Ehtimoliy xavfsizlik tahlilini o‘tkazish uchun atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi.
















