2025–2026 yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔸respublika sanoatida hududiy sanoatning uluşini 45 foizga yetkaziş;
🔸hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oşiriş orqali sanoatda texnologik mahsulotlar uluşini 25 foizga yetkaziş va 3,5 mingdan ortiq yangi iş örinlarini yaratiş;
🔸 har bir tuman va şaharlarda 5 tagaça sanoat “ösiş nuqtasi”ni rivojlantiriş.
2026 yil 1 yanvardan boşlab 2028 yil 1 yanvarga qadar:
🔹 işçilarining örtaça iş haqi miqdori har oyda mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bölmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining işçilarni taşiş va ovqatlantiriş bilan boğliq xarajatlaridan har bir işçi xodim uçun bir oyda bir bazaviy hisoblaş miqdorigaça bölgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan çiqarib taşlanadi;
🔹 öz ehtiyoji uçun gips xomaşyosini qazib çiqaruvçi va undan tayyor quriliş materiallari işlab çiqaruvçi korxonalarga gips oliş uçun belgilangan yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qöllanadi.
















