Farğonada 300 xonadonni foydalanişga topşirgan “Besh Bola Building’s” quriliş jarayonini butunlay öz tizimi orqali amalga oşiradi: xomaşyodan to tayyor uygaça — barçasi nazoratda. Kompaniya bu tizim orqali sifat va tezkorlikni ta’minlamoqda.
Farğona şahrida sifat va qulay narx timsoliga aylangan “Besh Bola Group” yana bir muhim bosqiçni bosib ötdi. Kompaniya bir vaqtning özida “Komfort”, “Sakinat” va “Yangi Özbekiston” turar joy majmualaridagi 300 dan ortiq xonadonni öz egalariga topşirdi.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan har bir loyiha öziga xos qulay infratuzilma va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. “Besh Bola Building’s” bunyod etgan majmualarda yaşaş uçun barça şaroitlar — bolalar maydonçalaridan tortib, yaşil hudud va avtoturargohlargaça — töliq yaratilgan.
Tadbir doirasida yangi xonadon egalari uçun ramziy kalitlar topşirildi. Mehmonlar esa quriliş jarayoni hamda majmualarning içki imkoniyatlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega bölişdi.
“Bugun 3 ta loyihaning kalitlarini öz egalariga topşiryapmiz. Hozir umumiy 4000 dan ziyod xonadonlar qurilişini boşlaganmiz. Kelajakda Andijon, Quva, Toşkentda ham qurişni rejalaştiryapmiz”, deydi loyiha asosçilaridan biri.
“Besh Bola Building’s” tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbir faqatgina yangi xonadon egalari uçun ramziy kalitlarni topşiriş marosimi bilangina çeklanib qolmadi.
Kompaniya tomonidan taşkil etilgan şou-dasturlar, mijozlarga taqdim etilgan qimmatbaho sovğalar, şuningdek, Ustoz va murabbiylar kuniga atab topşirilgan 20 million sömlik vauçerlar ham mehmonlar uçun kutilmagan, ammo yoqimli tuhfa böldi.
Tadbirda “Besh Bola Building’s”ning boşqa loyihalaridan xonadon xarid qilgan mijozlar ham mehmon sifatida iştirok etişdi. Ular kompaniya bilan hamkorlik tajribasi, xizmat sifati va quriliş jarayonidan olgan taassurotlari haqida öz fikrlarini bildirişdi.
“Besh Bola Building’s” quriliş jarayonida özining içki infratuzilmasidan samarali foydalanadi. Xomaşyo “Besh Bola Drobilka”da tayyorlanadi, beton “Besh Bola Beton”da işlab çiqariladi, yetkazib beriş esa “Besh Bola Transport” orqali amalga oşiriladi. Bu tizim quriliş jarayonida vaqt va sifatni nazorat qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iş jarayoni, eng avvalo, “Besh Bola Drobilka”da boşlanadi — bu yerda turli xomaşyolar, toş va qum mahsulotlari qayta işlanib, beton işlab çiqariş uçun asosiy komponentlar tayyorlanadi. Tayyorlangan materiallar “Besh Bola Transport” kompaniyasiga tegişli zamonaviy yuk maşinalari orqali “Besh Bola Beton” zavodiga yetkaziladi. “Besh Bola Beton”da 6-7 turdagi beton mahsulotlari işlab çiqariladi va 200 ga yaqin iş örinlari yaratilgan.















