Jizzax viloyatining Foriş tumanida kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) reaktori binosi uçun poydevor kotlovanini qaziş işlari boşlandi.
Şuningdek, Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida Yadro tibbiyot markazini taşkil etiş işlariga start berildi.
Bu ikki tadbirga bağişlangan tantanali marosim 9 oktyabr kuni Tojikistonning Duşanbe şahrida, Markaziy Osiyo – Rossiya sammiti doirasida ötkazildi. Unda “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev va “Rosatom” boş direktori Aleksey Lixaçyov ramziy tugmani bosib, ikkala loyihaga start berdi.
Özatom xabariga köra, AES reaktorini joylaştiriş uçun 2026 yil mart oyida birinçi betonni quyiş közda tutilgan.
“Uşbu yirik loyiha mamlakatimiz energetik mustaqilligini ta’minlaş, ekologik toza energiya yetkazib beriş imkonini beradi”, – dedi “Özatom” agentligi direktori Azim Ahmadxöjayev.
“Bu Özbekistonning energetik mustaqilligi uçun yangi davrni oçadi, barqaror energiya ta’minotini ta’minlaydi, iqtisodiy ösişni rağbatlantiradi va minglab yangi iş örinlarini yaratadi”, – dedi AES qurilişi direksiyasi direktori Abdijamil Kalmuratov.

Avval xabar berilganidek, subpudratçi sifatida Enter Engineering tanlangan. “Rosatom”ning ma’lum qilişiça, kotlovan qazişda qariyb 1,5 mln kub metr tuproq işlari bajariladi, kotlovanning çuqurligi 13 metr böladi.
“Işlar Özbekistondagi subpudratçi taşkilotlar tomonidan amalga oşirilmoqda. Rosatom xizmat muddati minimum 60 yil bölgan stansiyani quradi va uni ekspluatatsiya qilişda barça zaruriy kömakni körsatadi. Bizni uzoq ön yilliklar davom etadigan sermahsul va özaro manfaatli hamkorlik kutmoqda”, – dedi “Rosatom” direktori Aleksey Lixaçev.















