Özbekistonning katta qismida 5 oydan buyon aytarli yoğingarçilik bölmadi. Qurğoqçil davr joriy oktyabrda ham davom etadigan körinadi. 2025 yilning aprel-sentabr oylarida ayrim hududlarda şu davrda yoğişi kerak bölgan yoğingarçilik normasining atigi 10-20 foizi yoğdi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Respublikaning boşqa bir katta qismida esa me’yorning 50 foizidan kam yoğin yerga tuşdi. Faqatgina vodiy va şimoliy hududlarda me’yorga yaqin yoğinlar bölgan. Xivada esa bahor oylaridagi yoğingarçilik anomaliyasi hisobiga köp yoğingarçilik kuzatildi.

Joriy oktyabr oyi ham quruq ötişi tobora oydinlaşmoqda. Ğarbdan kirib kelişi kutilayotgan nam havo oqimlari faqat şimol hududlari orqali Qozoğistonga çiqib ketişi ma’lum bölib bormoqda. Oktyabr oyi söngiga qadar mintaqaga haroratni keskin pasaytirib yuboruvçi sovuq havo oqimlari kirib kelişi böyiça ham işoralar mavjud emas.

Kelyotgan dam oliş kunlari va yangi hafta boşlarida joylarda yuqori harorat kutilmalari: janubiy viloyatlarda duşanba-seşanba kunlari harorat maksimumlari +35 darajagaça yetişi mumkin. Kelayotgan hafta örtalarida respublikada harorat hafta boşlariga nisbatan 5-8 darajaga pasayadi. Ammo bu sezilarli salqinlik degani emas, balki ötmişdagi oktyabr örtalariga xos iqlimiy muhitdir. Umuman olganda, şimol va toğlarni hisobga olmasa, kelayotgan 15 kunlikda respublika böylab yoğinli kunlar prognoz qilinmayapti.

Tinç okeani markazida La-Ninya hodisasi allaqaçon rivojlanib bölgan va u hozirda özining faol bosqiçida, u dunyo iqlimini belgilab bermoqda. Jahon xalqaro iqlim markazlari prognozlariga köra, mart oylariga qadar bu fenomen özining faol bosqiçida böladi. Şunday ekan, qiş oylari, balkin kelgusi yilning bahor mavsumi boşlanğiç oyi ham kamyoğin – quruq ötişi tobora aniq bölmoqda.