Özbekistonda IT sohasi endi faqat poytaxt ahli uçun emas. Sirdaryoda maktab öquvçisi dastur tuzib kompaniya oçgan, Farğonada jismoniy imkoniyati çeklangan yigit 3D mahsulotlarini onlayn sotişni yölga qöygan, Xorazmdagi öquvçi esa “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi orqali ota-onasini vataniga qaytarişni orzu qilmoqda. Ular IT orqali nafaqat daromad topiş, balki orzularini amalga oşiriş mumkinligini isbotlamoqda.
Özbekistondan turib “Yuventus” futbol klubiga dastur yaratib bergan yigit, jismoniy imkoniyatlari çeklangan bölişiga qaramay, mahsulotlarini onlayn savdo platformalarida sotişni yölga qöygan Muhammadumar, maktab davridayoq veb-saytlar yasab daromad topgan tadbirkor va migrant ota-ona farzandining hikoyalari. Ularni nima birlaştirişi haqida maqolada öqing.
Murodxöja Muratov, Sirdaryo:
“Bir kun mijoz veb-sayt buyurtma qildi. Telefonda qilardim – uydagilar hali bilişmasdi nima bilan şuğullanişimni, lekin veb-sayt bölgani uçun telefonda qilişning iloji yöq edi. Hali maktabda öqiyman, pasportim yöq. Şunda onamdan iltimos qildim pasportlariga pul çiqarişimni va uni yeçib olişni söradim. Şunda onam “bor, telefoningni öynagin”, deb haydab yubordi. Tuşuntirişga harakat qildim, bir neçta urinişlarimdan keyin “notöğri yöllarga kirib qolgansan, xavfli odamlardan pul olyapsan” degan tuşunça bilan telefonimni olib qöydi. Oxiri bankka bordik, rostdan pul kelgan. Bu pul qayerdan kelganini körsatib berişimni söradi. Şundan keyin yöllar oçilib ketdi.
Hozirgi vaqtda Özbekistondagi UIC GROUP kompaniyasini boşqaraman. IT’ga qiziqişim maktabdan boşlangan. Saytlar qanday yasalişiga qiziqqanman. 2010 yillarda qölimga internetga kiriş imkoniyati bölgan telefon tuşib qoldi va qiziqib ketdim.
IT markazlar faqat Toşkentda bor deb öylardim. Sirdaryoga kelganimda buni tasavvur ham qilmagandim. Eng birinçi dasturçi bölib kirganman, öşa saytni işlab çiqiş uçun. Hozir u markaz yopilib ketdi. Şundan keyin şogirdlarim bilan Sirdaryoda ham IT örgatadigan markaz bölişini orzu qilardik. Hozir viloyatda IT şaharça qurilgan, IT yönalişlarni öqitişyapti. Ilgari bunaqa imkoniyat bölmasdi”.
Muhammadumar Ibrohimov, Farğona:
“2 yil avval raqamli texnologiyalar markazida IT yönalişi haqida ötkazilgan tadbirda bunga qiziqib qoldim va şu kasbni örganmoqçi ekanimni ota-onamga bildirdim. Ular mening soğligimdan xavotirlanib, moliyaviy imkoniyatimiz yöqligini aytişdi. Şunda bir kun mahalladagi ijtimoiy xodim oilaviy ahvolimiz bilan tanişgani keldi. Onam mening IT’ga qiziqişimni, ammo moddiy imkonimiz yöqligini aytdi. U bizni Raqamli texnologiyalar markaziga olib bordi. Markaz rahbari esa barça öqiş xarajatlarim markaz tomonidan qoplanişini aytib öqişda olib qoldi. 3 oy kompyuter savodxonligini örgandim va 3 oy 3D MAX dasturini örgandim. Keyin uyimizga Wi-Fi örnatib, kompyuter berişdi.












