Texnologiya | 07:17 / 15.10.2025
11393
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh dunyodagi birinchi mikroto‘lqinli qurolga ega jangovar robotni taqdim etdi

Amerikaning Epirus va General Dynamics Land Systems (GDLS)kompaniyalari zamonaviy jang maydonida uchuvchisiz uchish apparatlarining ortib borayotgan tahdidiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan yangi avtonom robot tizimini namoyish etdi. Tizim yuqori quvvatli mikroto‘lqinli qurolni yangi avlod pilotsiz yerusti vositalari bilan birlashtiradi.

Foto: epirusinc.com

Leonidas Autonomous Robotic (Leonidas AR) deb nomlangan yangi platforma Epirus'ning Leonidas mikroto‘lqinli tizimini GDLS'ning Tracked Robot 10-ton (TRX) pilotsiz shassisi bilan birlashtiradi. Natija - uchuvchisiz uchoqlarning butun to‘dasini aniq zararsizlantirishga qodir bo‘lgan mobil, avtonom aksildron tizimi. U ko‘riladigan zararni minimallashtiradi.

Tizim Leonidas o‘ta kuchli mikroto‘lqinli (HPM) komleksga asoslangan bo‘lib, elektron nishonlarni foydalanishdan chiqarish yoki yo‘q qilish uchun yo‘naltirilgan elektromagnit impulslardan foydalanadi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta dronlarni nishonga olish qobiliyatiga ega, bu «bir impuls bilan ko‘p nishonlarni yo‘q qilish» deb nomlanuvchi narsani ta’minlaydi.

Raketalar yoki artilleriyaga tayanadigan an’anaviy havo mudofaa tizimlaridan farqli o‘laroq, Leonidas dushman dronlarining elektronikasini yoki mikroto‘lqinli energiya impulslari bilan aniq boshqariladigan o‘q-dorilarini bir zumda bostiradi. Tizimning dasturiy ta’minot bilan belgilangan arxitekturasi operatorga ma’lum missiyalar uchun chastotalar va quvvatni sozlash, o‘z kuchlari bilan adashib ketmaslik uchun «xavfsiz hududlar» yaratish imkonini beradi. Tizim yangilanishlari maydonni tark etmasdan masofadan o‘rnatilishi mumkin.

Platforma TRX kuzatuv robotiga asoslangan — og‘irligi taxminan 10 tonna bo‘lgan va sun’iy intellekt tizimi bilan jihozlangan gibrid-elektr transport vositasi. U bir marta quvvatlanganda 480 kilometrgacha yuradi va soatiga 72 kilometr tezlikka erisha oladi. Ko‘p yo‘nalishli radarlar va hisoblash tizimlari tufayli TRX ham avtonom, ham masofadan boshqargan holda ishlashi mumkin.

Mavzuga oid