Iqtisodiyot | 10:00 / 16.10.2025
1514
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning 9 oyi davri ichidagi faoliyati yakunlarini sarhisob qildi

Sug‘urta bozorining jadal rivojlanishi va barqaror o‘sish tamoyillarini amalga oshirish sharoitida «O‘zbekinvest» kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta sohasining yetakchi ishtirokchilaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqlab kelmoqda hamda faoliyatning barcha asosiy yo‘nalishlarida ijobiy dinamikani namoyon etmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

2025 yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra kompaniyaning jami sug‘urta mukofotlari yig‘imi 1 178,3 milliard so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145 foiz o‘sishni ko‘rsatadi.

Qayta sug‘urta mukofotlari hajmi 50,5 million AQSh dollariga yetdi, shu bilan birga kompaniya portfelining 53 foizi xalqaro qayta sug‘urta ulushiga to‘g‘ri keldi.

Hisobot davrida milliy tovar va xizmat eksportchilariga 2,4 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi.

Korporativ segmentda sug‘urta mukofotlari yig‘imi 297,9 milliard so‘mga yetdi (2024 yilning shu davriga nisbatan 151 foiz o‘sish), shulardan 51,1 milliard so‘m investitsiya loyihalarini sug‘urta qilishga to‘g‘ri keladi.

Jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish segmentida mukofotlar yig‘imi 95,7 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan 107 foizga ko‘pdir.

Kompaniyaning mijozlar bazasi 583 399 nafardan 749 243 nafargacha o‘sdi (128 foiz o‘sish). Jumladan, yuridik shaxslar bilan 66 362 ta, jismoniy shaxslar bilan esa 898 752 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 132 foizga ko‘pdir.

Kompaniya transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (OSGOVs) bozorida ham yetakchi hisoblanadi. 2025 yilning 9 oyi mobaynida raqamli platformalar orqali 780 mingdan ortiq onlayn-polislar rasmiylashtirildi.

Hisobot davri davomida «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 3 740 ta sug‘urta holati bo‘yicha jami 97 milliard so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovlari amalga oshirildi.

Xalqaro e’tirof va hamkorliklar

Joriy yilning aprel oyida «O‘zbekinvest» kompaniyasi 90 dan ortiq davlatdan 500 dan ziyod yetakchi sug‘urta kompaniyalarini birlashtiruvchi International Insurance Society (IIS) a’zosi bo‘ldi.

May oyida kompaniya London sug‘urta bozorida faoliyat yurituvchi eng yirik sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarini birlashtiruvchi professional uyushmalardan biri — The International Underwriting Association of London (IUA) tashkilotiga a’zo bo‘ldi.

Ushbu voqealar O‘zbekiston sug‘urta sohasining xalqaro integratsiyasi yo‘lida muhim qadam bo‘lib, uning jahon miqyosidagi o‘rni va nufuzi e’tirof etilganini yana bir bor tasdiqladi.

Bundan tashqari, hisobot davrida «O‘zbekinvest» qator yetakchi xalqaro institutlar bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzoladi, jumladan:

-Ispaniyaning eksport-kredit agentligi CESCE,

-Italiyaning eksport sug‘urtasi kompaniyasi SACE,

-qator ispan va italiya sug‘urta hamda brokerlik kompaniyalari,

-Slovakiyaning Eksport-import banki Eximbanka SR bilan.

Shuningdek, may oyida «O‘zbekinvest» AJ rahbar xodimlari va viloyat filial direktorlari Germaniyaning Gannover, Leypsig, Myunxen va Frankfurt-na-Mayn shaharlariga xizmat safari uyushtirdilar. Safar doirasida yirik xorijiy sug‘urta, qayta sug‘urta va brokerlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturida ishtirok etilib, malakani oshirishga qaratilgan tajriba almashinuvi amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sentabr oyida kompaniyaning tuman bo‘limlarining eng yaxshi 30 nafar rahbari va yetakchi mutaxassislari Chexiyaning Praga shahrida joylashgan G‘arbiy Bogemiya universitetida ta’lim oldilar.

Xalqaro reytinglar

2025 yil may oyida xalqaro reyting agentligi A.M. Best Company «O‘zbekinvest» kompaniyasining reytinglarini «B» va «bb» darajasida, «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.

Iyun oyida Moody’s Ratings agentligi kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingi bo‘yicha prognozini «Ba2 (Barqaror)» darajasidan «Ba2 (Ijobiy)» darajasiga oshirdi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bank-moliya sektoridagi tashkilotlar orasida eng yuqori baholardan biri hisoblanadi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi barqaror rivojlanish strategiyasiga amal qilgan holda, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, raqamlashtirish darajasini oshirish hamda ichki va xalqaro bozorlarda mijozlar ishonchini mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid