Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rimda Iordaniya podshohi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rim shahrida Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashdi.
Foto: "Dunyo" AA
«Rim shahrida Iordaniya hoshimiylar podsholigining hazratlari podsho Abdulla II ibn Al-Huseyn bilan uchrashish hamda O‘zbekiston prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va maxsus maktubini yetkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Uchrashuvimiz O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan mustahkam aloqalarning yana bir bor tasdig‘iga aylandi. Har ikki mamlakat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat’iy sodiqdir.
Umumiy qadriyatlar va hamkorlik ruhidan ilhomlanib, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro ishonch va qat’iyat bilan ushbu samarali munosabatlarni yanada boyitish, xalqlarimiz farovonligi va ezgu kelajagi yo‘lida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ochishga intiladilar».
Mavzuga oid
10:07 / 20.04.2026
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
12:53 / 10.03.2026