Texnologiya | 07:31 / 17.10.2025
4969
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspertlar Xitoy qanday qilib demografik inqirozni texnologik ustunlikka aylantirganini tushuntirdi

Xitoydan qaytgan Yevropa va Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilari va yashil energiya kompaniyalari rahbarlari katta taassurot bilan keldi.

Foto: ZEEKR v Kitaye / © ZEEKR

The Telegraph nashrining yozishicha, Xitoy sanoati hozir shu qadar avtomatlashtirilganki, mamlakatga tashrif buyurgan ayrim tadbirkorlarning fikricha, G‘arb tez orada, ayniqsa, elektromobillar sohasida ancha orqada qolishi mumkin.

«Biz Xitoy bilan global raqobatdamiz — nafaqat elektr transport vositalarida. Agar yutqazsak, Ford'ning kelajagi bo‘lmaydi», — deb tan oldi Ford bosh direktori Jim Farli The Verge nashriga bergan intervyusida.

Ba’zi biznes rahbarlari bunday safardan keyin o‘z loyihalaridan bosh tortyapti. Fortescue tog‘-kon kompaniyasi asoschisi Endryu Forrest Xitoy zavodlariga tashrif buyurganidan so‘ng mamlakat ichida elektr uzatishni rivojlantirish rejalaridan voz kechganini aytdi: «U yerda odamlar yo‘q — hamma narsa avtomatlashtirilgan», — dedi u The Telegraph nashriga.

Boshqa delegatsiyalar «qorong‘i fabrikalar» deb ataladigan, yorug‘lik kerak bo‘lmagan — robotlar barcha ishni kecha-yu kunduz bajaradigan joylarni esladi.

«Bu Xitoyning raqobatbardoshligi endi subsidiyalar yoki arzon ishchi kuchiga emas, balki yangi narsalarni ixtiro qilayotgan yuqori malakali muhandislar armiyasiga asoslangandek tuyuladi», dedi Octopus Britaniya energiya yetkazib beruvchisi bosh direktori Greg Jyekson.

Xalqaro robototexnika federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniyadan ko‘ra ko‘proq sanoat robotlarini o‘rnatgan.

«Xitoyda jiddiy demografik muammo bor, uning sanoati esa mehnat talab qiladigan darajada qolmoqda. Shu sababli, mamlakat aholi sonining kamayishini qoplash va strategik ustunlikka erishish uchun ishlab chiqarishni faol avtomatlashtirmoqda», - deb tushuntirdi Bismarck Analysis tahlilchisi Rian Uitton.

Xitoyning yaqinlashib kelayotgan texnologik hukmronligining dastlabki belgilari allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. AQShning o‘z bozorini himoya qilish choralariga qaramay, Xitoy elektromobillari Yevropani zabt etmoqda.

«Agar robototexnikadan samarali foydalanilsa, bu iqtisodiy samaradorlikni keskin oshiradi. Agar Xitoy bunga erishgan bo‘lsa, Yevropa unga yetib olishi kerak, chunki Xitoy kabi u ham qarib bormoqda», — deydi Yevropa islohotlari markazi bosh iqtisodchisi Sander Tordor.

Mavzuga oid