Kasaba uyuşmalari – mehnat muhofazasi böyiça jamoatçilik nazoratini olib boradigan eng katta taşkilot.
Sönggi beş yilda ular tomonidan korxona va taşkilotlarda 152 mingta qonun buzilişi aniqlangan. Aslida, bunday holatlar ança köpligi, sudlar tomonidan uç yilda 48 mingdan ziyod mehnat nizolari körib çiqilgani qayd etildi.
Kasaba uyuşmalari yaraştiruvçi, murosaga keltiruvçi böğin sifatida iş beruvçi va xodim örtasidagi nizolarni sudgaça hal qilişda faollik körsatişi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
Şu bilan birga, iş bilan boğliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi ma’lumotlarning yaxlit tizimi yöqligi körsatib ötildi.
Masalan, baxtsiz hodisalar hisobi va ularning sababini örganiş öttiz yil oldin qabul qilingan hukumat qaroridagi eskirgan normalar asosida qoğozda yuritilmoqda.
Mas’ul vazirlarga kasaba uyuşmalari bilan birga baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga çaliniş holatlari haqidagi ma’lumotlarni olişning yagona tizimini işga tuşiriş hamda bunday hodisalar hisobotini yuritiş, sabablarini tahlil qiliş va unga yeçim topiş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.

















