Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: Putin Tramp bilan muloqotda harbiy harakatlarni to‘xtatish shartini aytgan
U Donetsk oblasti ustidan to‘liq nazorat evaziga Zaporijjya va Xerson oblastlariga da’volaridan voz kechishga tayyor.
Foto: Susan Walsh/AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotida harbiy harakatlarni to‘xtatish sharti sifatida Ukraina Donetsk oblastidan butunlay voz kechishini talab qildi. Bu haqda suhbatdan xabardor ikki manbaga tayanib Washington Post xabar berdi.
Buning evaziga Putin Zaporijjya va Xerson oblastlarining Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan hududlarining bir qismini qaytarishga tayyorligini bildirgan.
Gazetaning fikricha, bu shartlar Putinning Alyaskadagi uchrashuvda bildirgan pozitsiyasi biroz yumshaganini ko‘rsatadi. Oq uyning ba’zi vakillari esa buni o‘sish deb baholadi, degan nashr manbasi.
Yuqori martabali yevropalik diplomatning nashrga aytishicha, Kiyev «o‘z oyog‘ini hech narsa evaziga sotish bilan barobar» hisoblangan taklifga rozi bo‘lmaydi.
The Wall Street Journal Tramp ma’muriyati Rossiya bilan muzokaralarning yangi raundlari arafasida Kiyevga diplomatik bosimni kuchaytirayotganini qayd etgan. Shu bilan birga, Oq uy Moskvaga qarshi sanksiyalar rejimini kuchaytirish masalalarida vazminlik ko‘rsatmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika rasmiylari asosiy diplomatik bosimni aynan Ukraina boshdan kechirayotganini tan olmoqda, bu Volodimir Zelenskiyning yaqinda Vashingtonga tashrifi chog‘ida tasdiqlangan va u yerda Tomahawk raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kafolat olinmagan.
Putin va Tramp 16 oktyabr kuni telefon orqali gaplashgandi. Ikki soatlik muloqot yakunida prezidentlar ikki hafta ichida Budapeshtda yuzma-yuz uchrashishga kelishib olishgani ma’lum qilindi.
17 oktyabr kuni Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Muloqotning asosiy mavzusi Kiyevga qurollar, jumladan Tomahawk rusumli qanotli raketalarini yetkazib berish masalasi bo‘lgan. Axios nashri ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bu raketalarni berishga rozi bo‘lmagan va hozirda asosiy e’tiborini diplomatiyaga qaratganini bildirgan. Ukraina prezidentining o‘zi «Tramp „yo‘q“ ham, „ha“ ham demagani»ni aytdi.
Mavzuga oid
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21
OAV: London Ukrainaga RFning 9 mlrd yevrolik aktivlarini topshirishga tayyor
23:21 / 04.12.2025
Ukraina aholisi 42 milliondan 36 milliongacha kamaydi – OAV
23:00 / 04.12.2025