Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husiychilar BMTning 20 nafar xodimini qo‘lga oldi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakiliga ko‘ra, yamanlik husiychilar BMTning yana 20 nafar xodimini qo‘lga olgan. Bu BMTning Yaman poytaxti Sanodagi boshqa bir inshootga qilingan reydning ertasiga yuz berdi.
Foto: Osamah Yahya/dpa/picture alliance
Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yamanlik husiychilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning yana 20 nafar xodimini qo‘lga oldi, dedi BMTning Yaman bo‘yicha doimiy koordinatori vakili Jan Alam 19 oktyabr, yakshanba kuni Associated Press (AR) agentligiga. Uning aniqlik kiritishicha, xodimlar BMTning Yaman poytaxti Sano janubi-g‘arbiy tumanidagi muassasada ushlangan. Avvalgi kun husiychilar Sanoning boshqa tumanidagi BMT ofisiga bostirib kirdi, deya qo‘shimcha qildi Alam.
Matbuot kotibiga ko‘ra, yangi qo‘lga olinganlar orasida besh yamanlik va 15 xalqaro xodim bor. Shu kuni so‘roqdan so‘ng isyonchilar BMTning 11 xodimini qo‘yib yubordi, deya qo‘shimcha qildi Alam. Qolgan asirlarning taqdiri oshkor etilmagan. BMT «ushbu jiddiy vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilish, barcha xodimlarni ozod etish va Sanodagi obektlari ustidan to‘liq nazoratni tiklash uchun» «husiychilar va boshqa tomonlar bilan» aloqada», dedi Jan Alam AR axborot agentligiga.
Anonim qolishni istagan yana bir BMT rasmiysi AR'ga yakshanba kungi husiychilar reydi haqida gapirib berdi va isyonchilar inshootdagi barcha aloqa jihozlarini, jumladan telefonlar, serverlar va kompyuterlarni musodara qilganini aytdi.
Rasmiyning aniqlik kiritishicha, qo‘lga olinganlar BMTning bir qancha agentliklari, jumladan, Jahon oziq-ovqat dasturi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi xodimlaridir.
Mavzuga oid
12:51
«Haqiqat bo‘lishiga juda kuchli asoslar bor» – BMT bosh kotibi G‘azodagi urush jinoyatlari haqida
08:04 / 04.12.2025
AQSh BMTning ukrainalik bolalarni qaytarish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
22:51 / 27.11.2025
Jakarta dunyoning aholi eng zich joylashgan shahri deb tan olindi
19:11 / 26.11.2025