Avtobuslarga ustuvorlik berilishi lozim.
Loyiha maqsadi — jamoat transportini rivojlantirish, tirbandliklarni kamaytirish va xavfsiz, qulay sayohatni ta’minlash.
Eslatma, yo‘lovchilarga:
🔵avtobuslar yo‘lning o‘rta qismidan harakatlanadi;
🔵faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylaridan foydalaning;
🔵avtobus to‘xtagandan so‘ng chiqing;
🔵avval keksalar, nogironlar va yosh bolali yo‘lovchilarga yo‘l bering.
Haydovchilarga:
🔵BRT yo‘lagi faqat avtobuslar uchun;
🔵boshqa transport vositalarining harakati va to‘xtashi taqiqlanadi;
🔵chapga burilish va orqaga qayrilish mumkin emas.









