Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissar: Rossiyadan gaz importini butunlay to‘xtatish kerak
Yevropa Ittifoqi organlari 2028 yildan boshlab Rossiya gazini to‘liq taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun ustidagi qo‘shma ishlarini shu yil oxirigacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
Yevropa Ittifoqi kengashi va Yevroparlament yil oxirigacha Rossiya gazini import qilishni taqiqlovchi qonun loyihasining yakuniy varianti ustidagi hamkorlikdagi ishlarini yakunlashi mumkin. Bu haqda Daniya energetika vaziri Lars Aagard 20 oktyabr, dushanba kuni YeI kengashining energetika bo‘yicha yig‘ilishi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Biz joriy yil oxirigacha bu qonun loyihasini tayyor bo‘lishini istaymiz, shunda uni amalga oshirish mumkin», dedi Aagrad va «hamma Rossiya gaziga qo‘yilgan taqiqning kuchga kirishini ko‘rishni xohlaydi», deb qo‘shimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi qonun qabul qilingandan so‘ng «Rossiyaning Yevropa Ittifoqi energiya iste’molchilariga gaz sotish qobiliyatini amalda to‘xtatadi». «Biz pulimizni Rossiyaga jo‘natishni to‘xtatamiz», deb ta’kidladi Daniya vaziri.
20 oktyabr kuni YeI kengashi yig‘ilishida a’zo davlatlar energetika vazirlari darajasida Rossiya gazini import qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ko‘pchilik ovoz bilan ma’qulladi. Hujjat Yevropa Ittifoqining REPowerEU yo‘l xaritasining markaziy elementi bo‘lib, Rossiya energetikasiga qaramlikni tugatishga qaratilgan. YeI kengashi Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechishni qo‘llab-quvvatladi: 2025 yil 17 iyundan keyin tuzilgan yangi shartnomalar bo‘yicha gaz yetkazib berishni taqiqlash 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Biroq, amaldagi shartnomalarga o‘zgartirishlar faqat dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan a’zo davlatlar uchun ruxsat etiladi. Bu davlatlar Vengriya va Slovakiyadir. OAV xabarlariga ko‘ra, bu ikki davlat Yevropa Ittifoqi kengashida qonun loyihasi uchun ovoz bermagan.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026