Iqtisodiyot | 07:30 / 22.10.2025
5845
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: Geliyning yirik zaxirasiga ega davlatlar

Geliy kvant hisoblash, chip ishlab chiqarish va tibbiy diagnostika uskunalari uchun zarur bo‘lgan muhim gazdir. Bir necha davlatlar uning zaxiralarining katta qismini nazorat qiladi.

Foto: Pexels

Frontiers jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, global geliy zaxiralari taxminan 51,9 milliard kub metrni tashkil qiladi. Qo‘shma Shtatlar barcha geliy zaxiralarining taxminan 40 foiziga ega, bu - 20,6 milliard kub metr.

Keyingi o‘rinda 10,1 milliard kub metr zaxiraga ega Qatar joylashgan. Jazoir kuchli uchlikka kirdi (8,2 milliard kub metr). Rossiya ham yetakchilar qatoridan joy oldi. Uning zaxiralari 6,8 milliard kub metrni tashkil qiladi. Yana ikki milliard kub metr geliy Kanadada, 1,1 milliard kub metr esa Xitoyda.

Ushbu ma’lumotlar taxminiydir. Ular, birinchi navbatda, zaxiralar mamlakatlar o‘rtasida qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi. Raqamlar geliy zaxiralarining noaniq hisoboti, shuningdek, o‘zgaruvchan haqiqiy qazib olish ko‘rsatkichlari bilan cheklangan.
 
Geliy qayta tiklanmaydigan manbadir. Atmosferaga chiqarilgandan so‘ng, gaz kosmosga ketadi va uni qayta ishlatish deyarli mumkin emas. Tabiiy gaz bilan birga qazib olinganligi sababli qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bilvosita uning mavjudligini cheklaydi.

Geliyga sintetik yoki sanoat muqobil xomashyo yo‘q. Uning global zaxiralarining 30 foizdan ortig‘i kriogenikada, birinchi navbatda, MRT apparatlari va kvant tizimlarida o‘ta o‘tkazuvchan magnitlarni sovitish uchun sarflanadi.

Mavzuga oid