Jizzax shahrida 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro hujjatsiz 400 dona MISOPROSTOL tabletkasi va boshqa dori vositalarini 5 000 AQSh dollariga sotish chog‘ida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida ularga tegishli fitnes-klubda yashirin sex aniqlanib, qo‘lbola usulda dori qadoqlash va sotuvga tayyorlash ishlari amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Tsexdan 1 ta qadoqlash uskunasi, 1 000 dan ortiq soxta galogramma va shtrix kodlar, bo‘sh kapsulalar hamda tayyor mahsulotlar musodara qilindi.

Samarqand shahrida esa 1998 yilda tug‘ilgan MChJ menejeri psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan 9 800 dona dori vositasini shartli xaridorga 25 mln so‘mga sotish paytida ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.