Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin strategik yadroviy kuchlarning mashg‘ulotini o‘tkazdi
Mashg‘ulot davomida qit’alararo ballistik raketalari ramziy nishonlarga uchirildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik yadroviy kuchlarning rejali mashg‘ulotlarini videoaloqa orqali o‘tkazdi, deb xabar berdi Kreml.
Mashg‘ulot davomida Plesetsk kosmodromidan Kamchatkadagi «Kura» poligoniga «Yars» qit’alararo ballistik raketasi, Barens dengizi akvatoriyasidagi «Bryansk» atom suvosti kemasidan «Sineva» ballistik raketasi uchirildi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda havoda qanotli raketalarni uchirgan Tu-95MS uzoq masofali aviatsiya samolyotlari ishtirok etdi.
«Mashg‘ulotda harbiy boshqaruv organlarining tayyorgarlik darajasi, tezkor tarkibning bo‘ysunuvchi qo‘shinlarni boshqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy ish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mashg‘ulotning barcha vazifalari bajarildi», deyiladi Kreml matbuot xizmati bayonotida.
Rossiya strategik yadroviy kuchlarini boshqarish bo‘yicha shunga o‘xshash mashg‘ulotlar 2024 va 2023 yillarda ham o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026