Idora bunday shaxslarning Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, shu bilan birga yong‘inlarning oldini olish bilan bog‘liq tadbirlar uchun soha xodimlari tomonidan umuman pul undirilmasligini ma’lum qildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “maxsus kiyimdagi” firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bo‘ylab maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organi, FVV xodimi sifatida tanishtirib, odamlardan noqonuniy tarzda pul yig‘ayotgani kuzatilmoqda.















