Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Belgiya poytaxtida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Belgiya qiroli Filipp hamda Yevropaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlarining vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.