Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina ZAESga elektr uzatish liniyalaridan birini tikladi
Liniyani ta’mirlash ishlari AEXA yordamida yakunlandi. Ukraina Rossiyani stansiyani elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan infratuzilmani muntazam ravishda o‘qqa tutishda ayblamoqda.
Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)ga olib boradigan ikkita elektr uzatish liniyalaridan biri tiklandi. Bu haqda Ukraina energetika vaziri Svetlana Grinchuk payshanba, 23 oktyabr kuni davlat televideniyesida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, okkupatsiya boshlanganidan beri stansiyada o‘ninchi marta elektr uzilishi roppa-rosa bir oy davom etgan.
750 kilovoltlik liniyada ta’mirlash ishlari yakunlandi, ikkinchi, 330 kilovoltlik liniyani tiklash ishlari esa hali ham davom etmoqda. Grinchuk yana Rossiya tomonini Ukraina elektr tarmog‘i bilan aloqani uzish uchun atom elektr stansiyasiga olib boradigan elektr tarmoqlarini muntazam ravishda o‘qqa tutishda aybladi.
Zaporijjya okkupatsion ma’muriyati vakili Vladimir Rogov ham ta’mirlash ishlari tugaganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) vositachiligida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib olindi.
AEXA shuningdek, birinchi elektr uzatish liniyasining tiklanganini tasdiqladi.
Umumiy quvvati 6000 megavatt bo‘lgan oltita energiya blokidan iborat Zaporijjya atom elektr stansiyasi 2022 yil mart oyidan beri Rossiya qo‘shinlari nazorati ostida qolmoqda. Barcha reaktorlar o‘chirilgan, ammo doimiy sovitishni talab qiladi.
Sovitish tizimi tashqi tarmoqdan quvvat olmoqda. Elektr uzilishlari bo‘lgan taqdirda, dizel generatorlari elektr energiyasini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026