Farğonada IIB xodimlari tomonidan tahqirlangan Gulira’no Qosimova işi doirasida navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Unda soliq inspeksiyasi boşliğining xizmat uyida ötkazilgan “tezkor tadbir” iştirokçilari Ğayrat Otaqulov, Yusuf Yoqubov, Tohir Başirov, Sohib Nazarov, A’zam Hamidjonov, Aziz Mamajonov, Elbek Muhammadjonov, Dilşod Qahhorov hamda Muhammadjon Ortiqov guvoh tariqasida söroq beriş uçun qatnaşdi.
Dastlab “tezkor tadbir”ning bevosita iştirokçisi bölgan, öşa paytda Furqat tumani IIBning terrorizm bölimida tezkor xodim bölib işlagan Yusufbek Yoqubovning körsatmasi tinglandi:
“2025 yil 17 aprel kuni tuman soliq inspeksiyasi boşliği xizmat xonasiga maktab öquvçisini olib kirib ketdi, degan xabar kelib tuşdi. Bu xabarni röyxatdan ötkazmaganman. Tezkorlik bilan öşa yerga bordik. Biz hovliga eşikdan kirdik, devordan sakrab ötmaganmiz. Eşikdan kirgan zahoti 2-qavatga kötarildik. 2-qavatda soliq boşliği va maktab direktorini qip-yalanğoç holatda kördik. Bizga xabar bergan şaxs xizmat uyiga maktab formasidagi yoş qiz kirib ketdi degandi. Kördikki, u yerda maktab öquvçisi emas, maktab direktori ekan. Şundan keyin boşliq örinbosari Jasur Rasulov bizga hammasi joyida pastga tuşaveringlar, dedi”, deya körsatma berdi Yusufbek Yoqubov.
Şundan söng JIB Quva tumani sudi raisi Avazbek Rahimov tezkor xodimlar körsatmasida davlat siri borligini aytib, guvoh tariqasida çaqirilgan tezkor xodimlarning körsatmasi yopiq tarzda eşitilişini ma’lum qilib, Kun.uz muxbirini sud zalidan çiqarib yubordi.
Ma’lumot uçun, oçiq sud majlisida ommaviy axborot vositalaridan faqat Kun.uz muxbiri iştirok etmoqda.
Keyinroq sud işi 29 oktyabrga qadar tanaffus e’lon qilgani ma’lum böldi.
Eslatib ötamiz, Kun.uz oldinroq Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova bilan sodir bölgan holat haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda Furqat tumani IIB xodimlari ayolni kaltaklab, kiyimlarini yirtib, yalanğoç holda tasvirga olgani haqida gap boradi. Holat Senat qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Ombudsman Furqat tumani IIBning 4 nafar mas’ul xodimi jinoiy javobgarlikdan ozod etilganini ma’lum qilib, holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi töliq va xolisona örganilişini söragan












