Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tozalik bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar: 3,5 ming tonna chiqindi chiqarildi
15 oktyabrdan boshlab Bosh prokuratura huzurida markaziy shtab, shuningdek, shahar va tumanlarda hududiy shtablar ish boshladi. Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida poytaxtda 13 053 ta chiqindilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik fosh etildi, 585 ta mahallada tozalash ishlari o‘tkazildi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahrida tozalikni ta’minlash va ekologik me’yorlarga rioya etilishini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. 15 oktyabrdan boshlab Bosh prokuratura huzurida markaziy shtab, Toshkent shahar hokimligi va tumanlarda esa hududiy shtablar tashkil etildi.
Hamkorlikda olib borilgan reydlar va profilaktik tadbirlar chog‘ida poytaxt hududida chiqindilar bilan bog‘liq 13 053 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi tartibda ma’muriy choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, 929 ta maxsus texnika va 7,9 ming xodim jalb etilgan holda 585 ta mahalla hududida tozalash ishlari amalga oshirildi. Natijada 3,5 ming tonnadan ortiq maishiy va qattiq chiqindilar chiqarib olinib, poligonlarga joylashtirildi.
Ekologik madaniyatni yuksaltirish va fuqarolarda shahar muhitining tozaligiga mas’uliyat bilan yondashuvni shakllantirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Mas’ul idoralar aholini belgilangan qoidalarga rioya qilishga, chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarishga va huquqbuzarliklarning oldini olishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
18:21 / 03.12.2025
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish maqsadida yo‘l harakatini tashkil etish markazi ochiladi
11:34 / 03.12.2025