Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu yil keng qamrovli ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi. Shulardan 822 ming oila ijtimoiy reyestrda mavjud bo‘lib, yana 290 mingdan ortiq oila “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlandi.
Qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan toifalar orasida:
— boquvchisini yo‘qotganlar — 33,8 ming;
— nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar — 76,3 ming;
— og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar — 23,7 ming;
— yolg‘iz keksalar — 7 ming;
— gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar — 2 ming;
— bir uyda 3 tadan ortiq oila yashaydiganlar — 26,2 ming;
— boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar — 34,7 ming;
— vaqtincha ishsizlar — 15,1 ming;
— faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar — 69,7 ming;
— yolg‘iz yashovchi shaxslar — 2,3 ming.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 ming oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Joriy yilda yordam hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravarga oshirilmoqda. Dastur doirasida jami 1,2 trln so‘m mablag‘ni davlat budjeti hisobidan ajratish rejalashtirilgan.















