Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashuvda qatnashdi
U YuNeSKO bosh direktori Odri Azuleni «Do‘stlik» ordeni olgani bilan tabriklagan.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 30 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va YuNeSKO bosh direktori Odri Azule o‘rtasidagi uchrashuvda qatnashdi.
«Kecha Samarqandda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan YuNeSKO bosh direktori Odri Azule o‘rtasidagi samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirok etganimdan mamnunman.
Davlatimiz rahbari Azule xonimga fan, ta’lim, madaniyat va ommaviy axborot vositalari sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yurtimiz madaniy merosini asrash borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdagi ulkan hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Odri Azuleni ushbu yuksak mukofot va munosib e’tirof bilan samimiy qutlayman», deya yozgan u telegram-kanalida.






Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
09:16 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
20:58 / 16.06.2026