Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konidan gaz sizib çiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi matbuot xizmati vaziyat barqaror ekanini ma’lum qildi.

2 noyabr kuni Boysun tumanidagi «M-25» konining 202-son gaz quduğida avvaldan yoqib qöyilgan olovning vaqtinça söniş holati kuzatilgan. Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan.

Şundan söng havoga zararli moddalar tarqalişining oldini oliş maqsadida gaz tezkor ravişda yana yoqib qöyilgan.

Qayd etilişiça, uşbu jarayon atrof-muhit ifloslanişining oldini olişda standart yondaşuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga töla javob beradi.

«Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi. Şuni alohida takidlaş kerakki, bu avvaldan konni jilovlaş işlarini olib boriş jarayonidagi holat bölib, u yerda heç qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan», – deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik mazkur holat 3 noyabrga ötar keçasi, soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan boğliq emasligini ta’kidlagan.