Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi
Prezident qaroriga muvofiq, adabiyot, madaniy meros, teatr-kino, musiqa va raqs, tasviriy-amaliy san’at, moda-dizayn, shuningdek ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti joriy etildi. Har yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Yangi O‘zbekistonning madaniy-ma’rifiy poydevorini mustahkamlash va milliy hamda jahon miqyosidagi ijodkor-ziyolilarni rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi.
Mukofot tanlovlari 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
- adabiyot;
- madaniy meros;
- teatr va kino;
- musiqa va raqs;
- tasviriy va amaliy san’at;
- moda va dizayn;
- ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
Belgilanishicha, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Mukofot tantanali marosimda topshiriladi.
Qarorga muvofiq, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashi tuziladi va uning asosiy vazifalari tasdiqlanadi. Madaniyat vazirligi kengashning ishchi organi etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mukofot to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi lozim.
Tashqi ishlar vazirligi mukofotni xorijda ommalashtirish, g‘olib deb topilgan chet ellik ishtirokchilarni taklif etish va zarur hollarda vizalarni “Toshkent” va “Samarqand” xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirishga ko‘maklashadi.
Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish maqsadida Madaniyat vazirligi tegishli media tuzilmalar bilan hamkorlikda kontent tayyorlash va tarqatish ishlarini tashkil etadi.
Tashkiliy-moliyaviy masalalarga ko‘ra, tanlovni o‘tkazish xarajatlari 2025 yilda Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanadi, 2026 yildan esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
12:58 / 11.12.2024
Fransiya adliya vaziri «Ezgulik» jamiyati rahbariga xalqaro mukofotni topshirdi
17:18 / 24.08.2024
Fotojamlanma: 2024 yilning eng yaxshi oq-qora fotosuratlari e’lon qilindi
14:09 / 05.12.2016