25 mln dollarlik Breakthrough Prize mukofotiga munosib olimlar nomi e'lon qilindi
AQShning San-Frantsisko shahrida tibbiyot, fundamental fizika va matematika sohasidagi yana bir xalqaro mukofot sovrindorlari e'lon qilindi. International Breakthrough Prize Kaliforniyadagi Kremniy vodiysida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan tashkiliy qo‘mita xabarida.
Sovrin jamg‘armasi 25 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2016 yilda fundamental fizika bo‘yicha 3 mln dollarlik maxsus mukofot gravitatsiya to‘lqinlarini kashf qilgan LIGO kollaboratsiyasining uch nafar asoschisi va mingdan ortiq olimlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Tibbiyot sohasidagi mukofot DNK sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar, saratonga qarshi dori ishlab chiqarishdagi tadqiqotlar, autofagiya kashfiyoti va Retta sindromini o‘rgangan olimlar orasida taqsimlanadigan bo‘ldi. Amerikalik Jin Burgeyn kombinatorika va sonlar nazariyasi sohasidagi izlanishlari uchun matematika bo‘yicha mukofotga munosib topilgan.
Breakthrough Prize mukofoti dunyodagi eng yirik ilmiy sovrin hisoblanadi. Uni rossiyalik tadbirkor Yuriy Milner rafiqasi Yuliya bilan birgalikda asos solgan. Shuningdek, Facebook rahbari Mark Tsukerberg, Google asoschisi Sergey Brin va xitoylik tadbirkor, Alibaba Group asoschisi Jyek Malar ham homiylik qilishadi.
Mavzuga oid
17:18 / 24.08.2024
Fotojamlanma: 2024 yilning eng yaxshi oq-qora fotosuratlari e’lon qilindi
18:45 / 21.02.2024
“Markaziy Osiyoni Kremniy vodiysi bilan bog‘lamoqchimiz” - AQShda ayti hab ochgan Asror Arabjonov
17:45 / 20.12.2020
AQShda texnologik gigantlar uchun yangi hab paydo bo‘lmoqda
16:17 / 26.03.2018