Sinopec va PetroChina kabi Xitoyning yirik davlat neft kompaniyalari, şuningdek, mamlakatning bir qator kiçik xususiy korxonalari AQŞ oktyabr oyi oxirida Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” konsernlariga nisbatan sanksiyalar kiritgandan keyin Rossiyadan yonilği yetkazib berişlarini bekor qildi. Bu haqda 3 noyabr kuni Bloomberg agentligi treyderlarga tayanib xabar berdi.
Norvegiyaning Rystad Energy konsalting kompaniyasi baholaşiça, jami bölib Xitoy kuniga 400 ming barrel neft xarididan voz keçgan — bu Xitoyga yetkaziladigan rus nefti kunlik hajmining taxminan 45 foizi. Qaror ayniqsa Sibir neftining ESPO (VSTO) sortiga qattiq ta’sir qildi va uning narxi keskin pasaydi. Agar avvalroq noyabrda yetkazib beriladigan partiyalar narxi etalon Brent’ga teng (bir barrel uçun 64–65 dollar) yoki eng köpi bilan 0,5 dollarga arzonroq bölgan bölsa, hozir çegirmalar 0,5–1 dollar oraliğida, ayrim hollarda 1,7 dollargaça yetib bormoqda. Şu holatda ham ESPÖni dekabrda yetkazib beriş böyiça şartnomalar sekin tuzilyapti.
Xitoyning xususiy korxonalari rus neftini sotib olişdan qaytişiga mamlakatdagi Shandong Yulong Petrochemical kompaniyasining Buyuk Britaniya va YeI sanksiya röyxatlariga kiritilişi ham ta’sir körsatdi. Endi u ğarb yetkazib beruvçilari bilan işlay olmagani uçun faqat rus yonilğisini sotib olişga majbur.
Oktyabr oxirida, neft xaridlarini faqat Xitoy davlat kompaniyalari töxtatgani haqida xabarlar çiqqan paytning özidayoq, Reuters xususiy kompaniyalar ham Rossiya yonilğisidan voz keçişi mumkinligi haqida taxmin qilgandi. Şu bilan birga, kelgusida savdo katta ehtimol bilan davom etişini qayd etgan: masalan, Hindistonning eng yirik neft konserni Indian Oil Corp (IOC) xaridlarni qayta tikladi.
AQŞ Moliya vazirligi huzuridagi Taşqi aktivlarni nazorat qiliş idorasi (OFAC) 22 oktyabr kuni “Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça tinçlik jarayoniga Rossiyaning jiddiy qiziqişi yöq”ligi sabab qöşimça sanksiyalar kiritdi. Yangi çeklovlar “Lukoyl” va “Rosneft”gina emas, balki ularning 34 ta şu’ba kompaniyasiga ham taalluqli. Şuningdek, “Lukoyl” va “Rosneft” uluşi 50 foiz yoki undan yuqori bölgan barça kompaniyalar ham bloklanadi.
Bundan bir hafta oldin “Lukoyl” va “Rosneft”ga nisbatan sanksiyalarni Buyuk Britaniya joriy etgan edi. Bu çoralar aktivlarni muzlatiş, trast xizmatlari va transport operatsiyalariga çeklov qöyişni öz içiga oladi. Londonda ta’kidlanişiça, “Rosneft” va “Lukoyl” Rossiya hukumati uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega sohada — xususan, energetikada — faoliyat yuritadi.

















