9 oylik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 51 770 dona;
- Koreya Respublikasi — 2 524 dona;
- AQSh — 511 dona;
- Yaponiya — 296 dona;
- Germaniya — 265 dona;
- Hongkong — 249 dona;
- Rossiya — 171 dona;
- Hindiston — 168 dona;
- BAA — 98 dona;
- Avstriya — 63 dona;
- boshqa davlatlar — 222 dona.
Import hajmining asosiy qismi Xitoy ulushiga to‘g‘ri kelmoqda (qariyb 92 foiz). Koreya Respublikasi ikkinchi o‘rinda, AQSh uchlikni yakunlamoqda. Elektromobillarning ulushi ham umumiy dinamikaga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.









