Jahon | 07:30 / 05.11.2025
14038
3 daqiqa o‘qiladi

Mega-ko‘priklar reytingi: rekordchi uchlik va Fahd dambasi

Ko‘priklar - faqat po‘lat va beton emas. Ular birlik, ambitsiya va taraqqiyot ramzidir. Bugun dunyo muhandislari ehtimol chegaralarga chaqiruv tashlab, orollar, shaharlar va butun iqtisodiyotlarni bog‘laydigan inshootlar qurmoqda.

Foto: ixbt.com

Xitoy dunyoda ko‘priklar uzunligi bo‘yicha mustahkam yetakchilikni saqlab turibdi. Shu bilan birga Bahrayn kabi kichik davlatlar infratuzilmaning strategik qiymati uning hajmidan kam emasligini isbotlamoqda.

Ginness rekordlar kitobi ma’lumotlariga ko‘ra, Danyan—Kunshan ko‘prigi hanuz dunyoda eng uzuni hisoblanadi — uning uzunligi 164,8 kilometr. Undan sal ortda Chjanxua—Gaosyun ko‘prigi (157,3 km) va Tyanszin ko‘prigi (113,7 km) bor. Ularining barchasi Xitoyning yuqori tezlikdagi temiryo‘l tarmog‘i bir qismiga aylangan. Qurilishiga yillar sarflangan bu mega-loyihalar nafaqat ko‘lami, balki dunyodagi eng band transport tizimlaridan biri ishlashini ta’minlashdagi o‘rni bilan ham mashhur.

Ammo Xitoy sof uzunlik bo‘yicha peshqadam bo‘lib turgan bir paytda, boshqa mintaqa va mamlakatlar ham bog‘lanish infratuzilmasiga strategik sarmoya kiritmoqda. Masalan, Qirol Fahd dambasi Yaqin Sharqdagi eng muhim yo‘llardan biri bo‘lib qolmoqda. Bahrayn ko‘rfazidan 25 kilometrga cho‘zilgan bu infratuzilma Bahrayn va Saudiya Arabistonini ulaydi. 1986 yilda ochilganidan beri u ikki qirollik o‘rtasida savdo, turizm va mehnat migratsiyasini tubdan o‘zgartirdi.

Foto:  World Visualized  

O‘lchami jihatidan kamtar bo‘lishiga qaramay, Bahrayn yuqori samarali infratuzilmani ustuvor yo‘nalish sifatida qo‘yadi. Transport va telekommunikatsiyalar vazirligi konsepsiyasida ta’kidlanishicha, transport «Bahraynning 2030 iqtisodiy qarashi»ga — barqaror va diversifikatsiyalashgan rivojlanishga qaratilgan milliy strategiyaga — erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Avtomobil yo‘llari va ko‘priklardan tortib portlar va intellektual mobil tizimlarigacha — Bahrayn o‘zini ko‘rfaz mintaqasida logistika habi sifatida namoyon qilmoqda.

Bahraynning e’tiborli loyihalari orasida «Durrat al-Bahrayn» bor — 13 ta ko‘prikdan iborat, umumiy uzunligi 3,5 kilometr bo‘lgan elita orol majmuasi. Ularning uzunligi Osiyodagi mega-inshootlar fonida kamtar ko‘rinsa-da, bu ko‘priklar qirollikning zamonaviy shaharsozlik dizayniga va ichki bog‘lanishga sadoqatini ifodalaydi.

Mavjud loyihalardan tashqari, Bahraynning strategik joylashuvi transportga mintaqaviy investitsiyalarni jalb etmoqda. Ko‘pdan beri muhokama qilinayotgan Qatar—Bahrayn dambasi (loyihaviy uzunligi taxminan 40 km) yaqin vaqtda dunyodagi eng uzun dengiz ko‘priklaridan biriga aylanishi mumkin. Qurilish tugallangach, u Bahrayn va Qatar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lni yaratadi, sayohatni osonlashtiradi, savdo aloqalarini kuchaytiradi va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi.

Mavzuga oid