Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov va prokuror nazorati elektron shaklga o‘tkaziladi
Prezidentning 2025 yil 3 noyabr kuni imzolangan PF–204-son farmoni bilan “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, tergov va prokuror nazorati jarayonlari bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi, prokuratura faoliyati to‘liq raqamli transformatsiya qilinadi.
Farmon prokuratura organlari faoliyatida ochiqlik, samaradorlik va javobgarlikni oshirishni maqsad qiladi. Asosiy yo‘nalishlar quyidagicha:
- 2030 yilgacha avtomatlashtirish: prokuratura organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlari ilg‘or xalqaro tajriba asosida raqamlashtiriladi;
- elektron tergov va nazorat: tergov harakatlari hamda prokuror nazorati to‘liq elektron formatga o‘tkaziladi;
- Raqamli prokuror AT-kompleksi: yagona platforma orqali ma’lumot almashish, tahlil va qaror qabul qilish tezkorligi oshiriladi;
- masofaviy qonuniylik nazorati: davlat organlari qabul qilayotgan hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi elektron tarzda, real vaqtda monitoring qilinadi;
- tekshiruvlarni raqamlashtirish: nazorat qiluvchi organlar tadbirlarida qonunlarga rioya etilishini kuzatish uchun Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri'ning sinov versiyasi ishlanadi, 2026 yil 1 dekabrdan to‘liq versiyasi ishga tushiriladi.
Kutilayotgan natijaga ko‘ra, yangi tizim huquqbuzarliklarni ilk bosqichda aniqlash, inson omili ta’sirini kamaytirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va jamoatchilik uchun shaffoflikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:28 / 16.07.2026
Hokim yordamchilariga oid yana bir korrupsiyaviy holat fosh etildi
10:05 / 11.07.2026
Ko‘mir omboridagi yirik talon-torojlik fosh etildi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
15:50 / 07.07.2026